A1 dan C1 gacha guruh darslari, Goethe va telc formatida tayyorlov, uyda AI bilan gapirish mashqi. Ausbildung, Studienkolleg va universitet boʻyicha konsultatsiya bepul.
Farzandingiz darsga keldimi, uy vazifasini qildimi, natijasi qanday? Javobi ota-ona ilovasida. Toʻlovni ham ilovadan qilasiz, tizim oldindan eslatadi.
A1, A2, B1, B2 kurslari va telc B1, telc B2 tayyorlov oyiga 880 000 soʻm. C1 narxini +998 78 113 71 61 raqami orqali bilib olasiz.
Qaysi imtihonlarga tayyorlaysiz?
Goethe, telc, TestDaF, ÖSD va ECL. Blitz Student ilovasida Goethe va telc formatidagi mock imtihonlar bor.
Germaniyaga ketish boʻyicha yordam berasizmi?
Ha, konsultatsiya bepul. Ausbildung, Weiterbildung, Studienkolleg, bakalavr, magistratura, FSJ va Work and Travel boʻyicha qaysi yoʻl sizga mos va qaysi daraja kerakligini aytamiz.
Ota-ona farzandining oʻqishini qanday kuzatadi?
Ota-ona ilovasida davomat, uy vazifa, progress va reyting koʻrinadi, ustoz bilan chat ham shu yerda. Farzandingiz kelganini filialdagi FaceID terminali belgilaydi.
Toʻlovni qanday qilaman?
Payme, Click yoki Paynet orqali, ota-ona ilovasidan ham. Toʻlov kunidan oldin tizim avtomatik SMS eslatma yuboradi.
Darajamni qanday bilaman?
Bepul daraja testini ishlang, u ochiq veb sahifada. Natijaga qarab sizga mos guruh, filial va vaqtni tavsiya qilamiz.
Filiallar qayerda?
Toshkentda Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek va Integro filiallari, shuningdek Samarqand va Fargʻonada. Dushanbadan shanbagacha 9:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz.
Bepul oʻqish imkoniyati bormi?
2026 yilda IMKON taʼlim granti eʼlon qilingan. Unda kam taʼminlangan oilalardan 16–25 yoshli 60 kishiga bir yillik bepul kurs beriladi. Shartlarini telefon orqali soʻrang.
Birinchi qadam
Darajangizni bilib, yoʻlni boshlang
Formani toʻldiring va test sahifasiga oʻting. Savolingiz boʻlsa, qoʻngʻiroq qiling.